Boshqarmada 2023-yil 20-oktabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 07-sentabrdagi O‘RQ-443-sonli “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Seminarda qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Qonunning maqsadi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning asosiy prinsiplari huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni ta’minlashning oshkoraligi, ochiqligi, o‘z vaqtidaligi, huquqiy axborotni izlash va olish erkinligidan iboratdir. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi