10/10/2023

      Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2023 yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 345,4 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 121,9 foizi kuzatildi.