06/10/2023

      Boshqarmada 2023-yil 6-oktabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-868-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
      Seminarda qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
      O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
     Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi belgilangan.             Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.