06/10/2023

      O’zbekistonda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 927 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 306 tani tashkil etdi.

      Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

      savdo sohasida – 154 549 ta

      sanoat sohasida – 68 300 ta

      qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 37 582 ta

      qurilish sohasida – 33 917 ta

      yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 453 ta

      tashish va saqlash sohasida – 17 347 ta

      axborot va aloqa sohasida – 9 635 ta

      sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 145 ta

      boshqa sohalarda – 53 378 tani tashkil etgan.