2023 yilning yanvar–iyun oylarida jami 2 205 ta yangi korxonalar va tashkilotlar ro‘yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’yektlari 2 148 ta). Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Jizzax shahri (viloyat bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning 434 tasi, yoki 19,7 %) hamda G‘allaorol (294 tasi, yoki 13,3 %) Zomin (257 tasi, yoki 11,7 %) Forish (217 tasi, yoki 9,8 %) Sharof Rashidov (211 tasi, yoki 9,6 %) Zarbdor (168 tasi, yoki 7,6 %) Baxmal (139 tasi, yoki 6,3 %) Paxtakor (96 tasi, yoki 4,4 %) Arnasoy (92 tasi, yoki 4,2 %) Zafarobod (92 tasi, yoki 4,2 %) Mirzacho‘l (87 tasi, yoki 3,9 %) Yangiobod (65 tasi, yoki 2,9 %) va Do‘stlik (53 tasi, yoki 2,4 %) tumanlariga to‘g‘ri keladi.