05/10/2023

      Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

      Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini royxatga olishni rejalashtirish va uni otkazishda yordam korsatish maqsadida  BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini royxatga olish boyicha tavsiyalari” nomli qollanma BMT Aholishunoslik jamgarmasining  texnik komagi asosida Davlat statistika qomitasining mutaxassislari tomonidan ozbek tiliga tarjima qilindi.

      Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bolib, BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qollanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari) joylashtirilgan xolos. Uning ilk marotaba ozbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi Ozbekistondagi islohotlarning, xususan aholini royxatga olish tadbirini  otkazish uchun korilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

    Yana bir muhim jihati, ozbekcha qollanmaning BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga gurur bagishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini royxatga olishni  otkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli otkazilishida muhim rol uynaydi.

      Aholini royxatga olish nima uchun zarur?

     Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu – davlat miqyosida amalga oshiriladigan ishdir. Buning natijasida mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” paydo bo‘ladi.Aholini ro‘yxatga olish mustaqil respublikamizda tarixiy voqea hisoblanadi, lekin deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida muntazam amalga oshiriladigan tadbirdir. Ikkinchidan, aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta‘lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarni tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.Uchinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Mazkur tadbir dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Aholini ro‘yxatga olish butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.