03/10/2023

      2023- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida 3 254 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil etgan hamda 2022- yilga nisbatan o‘limlar soni o‘zgarmaganligi kuzatildi (2022- yilning yanvar- iyun oylarida 4,4 promille bo‘lgan). Qayd etilgan o‘lim holatining 37,5 % i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 7,3 % i – o‘simtalardan, 26,2 % i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 8,7 % i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 3,9 % i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 2,1 % i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 14,3 % i boshqa kasalliklardan vafot etganlar.