Boshqarmada 2023-yil 29-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi VM-492-sonli “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
Seminarda qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno);
davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
Quyidagilar: Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.
29/09/2023