29/09/2023

      Jizzax politexnika institutida 2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-sonli qonuni va 2023-yil 22-sentabrdagi VM-492-sonli “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

      Seminarda qarorning maqsadi va vazifasiga alohida e’tbor qaratildi: “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi.

      Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilar savollar bilan faol qatnashdilar.