25/09/2023

      2023- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 9,7 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 88,0 foizni tashkil etdi. Dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat va teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 26,4 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 61,2 foizni tashkil etdi. Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 63,9 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 99,3 foizni tashkil etdi.