22/09/2023

      Sailjoy mahallasida 2023-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbirida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      “O‘zbekiston — 2030" strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilganligi inobatga olinsin: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash belgilab berildi.

      Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilar savollar bilan faol qatnashdilar.