Boshqarmada 2023-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi:
Jumladan, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.