12/09/2023

      2023-yilning yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari xizmatlarning ulushi 95,0 % ni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Jizzax shahrining ulushi 65,7 foizni yoki 968,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-.yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan Arnasoy tumanida yuqori o‘sish sur’ati 194,6 % ni tashkil etdi.