2023-yil 1-iyul holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 928,0 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 101,3 %), shundan sigirlar – 265,7 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 2 304,7 ming boshni (101,5 %), otlar – 30,4 ming boshni (103,5 %) hamda parrandalar – 3 881,2 ming boshni (104,8 %) tashkil etdi.