08/09/2023

      2023- yilning yanvar-iyunida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 40,2 %), sanoatda – 106,3 % (18,9 %), qurilishda – 104,0 % (6,5%), xizmatlar sohasida – 103,3 % ni (34,4%) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 103,9 % (6,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 108,1 % (4,0 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,3 % dan (23,9 %) iborat bo‘ldi.