04/09/2023

      2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,4 %ga).

      Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha osish suratlari:

      Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 123,6 %;

      Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 122,6 %;

      Moliyaviy xizmatlar – 121,1 %;

      Boshqa xizmatlar – 112,4 %;

      Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,0 %;

      Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 109,8 %;

      Transport xizmatlari – 108,5 %;

      Savdo xizmatlari – 107,6 %;

      Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –106,2 %;

      Shaxsiy xizmatlar – 104,8 %;

      Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 103,9 %;

      Ijara xizmatlari – 101,0 %;

      Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 95,6 %.