31/08/2023

      2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,5 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilga nisbatan 109,8 % ni tashkil etgan holda 1 680 526,8 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.