31/08/2023

      Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida Boshqarma bosh yuriskonsult tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-sonli farmoni mazmun mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

      Yig‘ilishda davomida davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish huquqbuzarligiga oid ma'muriy huquqbuzarlik va ushbu huquqbuzarliklarga nisbatan jazo choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar bilan faol qatnashdilar.