2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida 6,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 2,1 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 34,0 %ni tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 3,9 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 61,5 %) hamda boshqa xarajatlar 0,3 trln. soʻmni (4,5 %) tashkil etdi.