23/08/2023

      Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat korxonalari tomonidan 11032,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,7 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 97,9 % ni tashkil etdi.