O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida Jizzax viloyati statistika boshqarmasi binosida ham quyosh panellari o‘rnatildi.
Quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda va bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi.