2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 465,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 34,4 %ni tashkil etdi.