2022/2023- o‘quv yili boshida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017/2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,5 barobarga oshganini ko‘rish mumkin.
Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:
2017/2018- yilda – 917 kishi
2018/2019- yilda – 1 633 kishi
2019/2020- yilda – 2 353 kishi
2020/2021- yilda – 2 859 kishi
2021/2022- yilda – 3 578 kishi
2022/2023- yilda – 5 014 kishi