11/08/2023

Boshqarmada 2023-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 28-iyulda qabul qilingan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 120-sonli qarori to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.Yig‘ilish davomida qarorda belgilangan muhim jixatlarga aloxida e’tbor qaratildi va hujjat mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta'minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligini ta'minlash to‘g‘risidagi vazifalar haqida tushunchalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.