09/08/2023

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 117,5 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,2 % ini) tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-iyun oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 36,0 % ga pasayishi kuzatildi.