04/08/2023

Boshqarmada 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyulda qabul qilingan “Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 302-sonli qarori to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.Yig‘ilish davomida qarorda tasdiqlangan “Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Davlat muassasasining huquqiy maqomi; davlat muassasasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; davlat muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi; davlat muassasasi filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish tartibi haqida tushunchalar berildi.Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.