03/08/2023

Jizzax shahar uch ariq mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida Boshqarma bosh yuriskonsult tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Yig‘ilishda davomida davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish huquqbuzarligiga oid ma'muriy huquqbuzarlik va ushbu huquqbuzarliklarga nisbatan jazo choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.