02/08/2023

2023– yining 1-iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,0 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 90,4 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumiy sonidan 19,1 % i fermer xo‘jaliklariga, 67,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 13,8 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 25,5 % i fermer xo‘jaliklariga, 57,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 16,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 7,2 % i fermer xo‘jaliklariga, 45,0 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 47,8 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.