07/08/2023

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2022- yil bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 73,4 foizga oshgan. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda; binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 52,2 foiz ulushi; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 21,5 foiz ulushi; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 26,3 foiz ulushni tashkil etdi.