2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 114,8 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 8,6 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 91,4 foiz ulushini tashkil etdi.
Jizzax viloyatining yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
09/08/2023