10/07/2023

Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 105 taga yetdi va ular tomonidan 77566,4 ming AQSH dollari qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 14,8 % ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.