26/06/2023

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2023- yil 1- iyun holatiga ko‘ra 2021- yilning mos davriga nisbatan 89 taga ko‘paygan. Bu esa quyidagi sohalardagi korxonalar: savdoda 295 tadan 451 taga (o‘sish 156 taga), yashash va ovqatlanishda 230 tadan 235 taga (o‘sish 5 taga), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 5 tadan 17 taga (o‘sish 12 taga) sonining sezilarli oshishi bilan izohlanadi.