20/06/2023

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi 327 ta yoki 1,6 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki: 92,4 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 99,0 foizni tashkil etdi; Yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 5,2 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 81,0 foizni tashkil etdi; Yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,4 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 88,9 foizni tashkil etdi;