17/05/2023

       Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- may holatiga 17 663 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,5 foizni tashkil etdi (4 820 ta). Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 30,9 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 20,8 foiz, sanoat – 17,0 foiz, qurilish – 9,1 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 7,0 foiz, tashish va saqlash – 2,5 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 1,5 foiz, axborot va aloqa – 1,2 foiz, boshqa turlari – 9,9 foiz.