16/05/2023

      2023 yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmatlar) larining umumiy hajmi 2 816,6 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning shu davriga nisbatan 102,7 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 2 675,9 mlrd. so‘mni (102,5 %), ovchilik sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar 119,9 mlrd. so‘mni (101,2 %), o‘rmon xo‘jaligida 75,6 mlrd. so‘mni (100,5 %), baliqchilik xo‘jaligida 65,0 mlrd. so‘mni (116,3 %) tashkil qildi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmatlar)lari hajmining o‘sishi asosan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohada ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining sezilarli darajada ortishi bilan bog‘liqdir. Xususan yuqori o‘sish sur’atlari Paxtakor (108,1 %), Mirzacho‘l (107,1 %), Zafarobod (107,0 %) va Forish (106,5 %) tumanlarida kuzatildi. Shuningdek, o‘z navbatida Arnasoy (95,4 %) va Jizzax shahrida (98,5 %) past o‘sish sur’atlari kuzatildi.