16/05/2023

      2023-yilning 1-may  holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 488 761 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 70 033 tani tashkil qildi. Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etildi:

     Qashqadaryo viloyati – 9 314  ta

     Farg‘ona viloyati – 8 693 ta

     Toshkent shahri – 8 592 ta

     Samarqand viloyati – 6 428 ta

     Surxondaryo viloyati – 5 663 ta

     Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

     savdo sohasida – 29 978 ta

     sanoat sohasida – 11 506 ta

     yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 615 ta

     qurilish sohasida – 4 708 ta

     qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 637 ta