Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 370,8 ming tonna boshoqli don yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.Boshoqli don yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (11,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (10,8 %), Fargʻona (10,7 %) va Surxondaryo (10,2 %) viloyatlarida ham boshoqli don yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.
Axborot xizmati