17/03/2023

2023- yil 17-mart kuni Jizzax davlat politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.Unda Statistika agentligi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar hamda statistika boshqarmasi tarmoq bo'limlari boshliqlari qatnashdi.Davra suhbatida Demografiya statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning sohalaridan biri ekanligi, aholi soni, tarkibi, aholi yoki uning guruhlarining joylashuvi va takror hosil bo‘lishi bilan bog‘liq maʼlumotlarni statistik usullardan foydalangan holda yig‘ish, qayta ishlash, ifodalash va tahlil qilish faoliyati bo‘yicha fikr-mulohaza bildirildi. Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.Ochiq muloqotda Statistika agentligi mutaxassisi va statistika boshqarmasi xodimlari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish