2023-yilning yanvar oyida Jizzax viloyati bo‘yicha 137,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 116,2 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha 12,2 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 9,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 84,5 %, 8,9 % va 6,6 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati