15/03/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.2023- yilning 14- mart kuni navbatdagi 5- narx (bozor) haftalik kuzatuvi Do'stlik tumanining dehqon bozorida olib borildi. Kuzatuv jarayonida Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D.Mulladjanov ishtirok etdi.Narx kuzatuvi jarayonida tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi, narx registratori Sh.Xidirovga bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish