10/03/2023

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 15-fevraldagi 817-sonli qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida qarorning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan,So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishini, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda, shu jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili va jamoatchilik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot natijalari mahkumlarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, ularni saqlash shart-sharoitlarini yanada yaxshilash hamda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga haq to‘lanadigan ishlash davrini ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash zarurligini ko‘rsatmoqda.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati