10/03/2023

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 64,5 ming tonna xom neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,4 % ga oshgan.

Xususan:

  Toshkent shahrida 56,3 ming tonna;

  Surxondaryo viloyatida 5,9 ming tonna;

  Andijon viloyatida 1,5 ming tonna;

  Qashqadaryo viloyatida 0,8 ming tonna xom neft ishlab chiqarildi.

 

Axborot xizmati