Joriy yilning 7-mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar hamda Kasaba uyushma tomonidan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Mulladjanov Anvarovich munis va mehridaryo opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayol borki olam munavvar, Ayol borki guzal bu olam deya barcha opa-singillarni aziz ayollarni samimiy tilaklari bilan xushnud etdi.
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!
Jarayondan fotolavhalar:
Axborot xizmati