2023-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1,3 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan oʻsish surʼati 120,9 % ni tashkil etdi. Ushbu xizmat turlari boʻyicha Navoiy (132,2 %), Namangan (131,6 %), Andijon (130,7 %), Jizzax (128,8 %) va Toshkent (127,8 %) viloyatlarida nisbatn yuqori oʻsish surʼatlari kuzatildi.