24/02/2023

“Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 734-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida qarorning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat xaridlari elektron tizimi operatori davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanganligi aytib o‘tildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining davlat xaridlari elektron tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy talablarni belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanish belgilangan.

qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan talablarga javob beradigan davlat xaridlarining elektron tizimining mavjudligi hamda uning operatorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi;

bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravaridan kam bo‘lmagan va to‘liq shakllantirilgan ustav jamg‘armasiga (kapitaliga) ega bo‘lishi;

davlat xaridlarining elektron tizimida tuzilgan bitimlarning bajarilishini ta’minlashda faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan kliring va hisob-kitob tizimiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi bandlar qarorda ko‘rsatilgan.

 

elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar malakali xodim hamda Call-markaz mavjud bo‘lishi.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

operatorlar tomonidan davlat xaridlari subyektlarining mablag‘laridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish, shu jumladan, tijorat banklarida depozitga joylashtirish taqiqlanadi;

operatorlarning davlat xaridlari elektron tizimi davlat xaridlari sohasidagi davlat nazorati organlarining axborot tizimlariga belgilangan tartibda integratsiya qilinadi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati