24/02/2023

Jumladan, joriy yilning 24- fevral kuni Jizzax viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Sh. Sharipov Mirzacho'l tumanidagi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, Sh. Sharipov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.

Axborot xizmati