Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (11,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (11,5 %), Buxoro (10,5 %) va Toshkent (10,4 %) viloyatlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.
Axborot xizmati