10/02/2023

“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3413-sonli buyruq mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida buyruqning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida yozma shaklda tuziladi.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.

Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar ko‘rsatiladi.

Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga va uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuziladi.

Quyidagilar mehnat shartnomasi Tomonlari hisoblanadi:

ish beruvchi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari;

xodim — davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallayotgan shaxs.

Quyidagilar mehnat shartnomasining zarur shartlari hisoblanadi:

xizmatni o‘tash joyi — davlat fuqarolik xizmatchisi shartnomada shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatini o‘tayotgan joy;

ishning boshlanish sanasi — davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga kirishishi kerak bo‘lgan kalendar sana;

egallanayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimining to‘liq nomi;

mehnat vazifasi — muayyan kasb, mutaxassislik, malaka yoxud lavozim bo‘yicha ish, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisiga topshiriladigan ishning aniq turi;

davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning asoslari;

davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari;

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati