Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 441,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining 72,2 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 25,9 % i fermer xoʻjaliklariga, 1,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.