25/01/2023

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 8,8 % ga o‘sdi va 1 562,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 13,8 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 9 789,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 11,0 % ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 86,2 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati